Google 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google 403 mln yevro jarimaga tortildi

21.09.2026

#Irlandiya #Google

Irlandiyada Google kompaniyasi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish regulyatori o‘rtasidagi 6 yillik nizoga chek qo‘yilgan. Google Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi tomonidan 403 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Texnologik gigant foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borgan va saqlagan.

Shuningdek, Google foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni zarur bo‘lganidan ortiqroq muddat davomida saqlagani aniqlangan.